» » 27 yoshli kelin qaynotasining tegajog‘liklari

Закладки 27 yoshli kelin qaynotasining tegajog‘liklari

27 yoshli kelin qaynotasining tegajog‘liklari
  • название:
    27 yoshli kelin qaynotasining tegajog‘liklari
    Reyting:
    страна:
    O'zbekiston
    сериаль:
    27 yoshli kelin qaynotasining tegajog‘liklari sabab oilasi buzilib ketgani haqida so‘zlab berdi (16+)
    просмотров:
    254
    скачать:

    Repost nashri qaynotasi muntazam ravishda tegajog‘lik qilgani sababli oilasiga putur yetgan o‘zbekistonlik 27 yoshli ayolning hikoyasini e’lon qildi. Ayolning shaxsiy ma’lumotlari uning iltimosiga ko‘ra sir tutiladi.


    20 yoshimda ota-onamning xohishi bilan turmushga chiqdim. Erim bilan to‘ydan oldin besh marta uchrashdik. Qarindoshlarim uchun bu hatto keragidan ham ortiq edi.

    Ular haqiqiy muhabbat to‘ydan keyin kelishini, bir-birimizni oila qurganimizdan so‘ng tanib olishimizni aytdi. Ularning ko‘pchiligi tanigan odaming bilan yashash zerikarli, deyishardi. Afsuski, bizda ko‘pchilik insonlar bir-birini yaxshi tanimay oila qurganlar keyinchalik baxtli yashab ketadi, deb o‘ylaydi.

    Turmush o‘rtog‘im mehribon va oilaparvar edi. O‘rtamizda sevgi bo‘lmasa ham biz bir-birimizga o‘zaro hurmat bilan munosabatda bo‘lar edik. Yaqinlarim oila uchun bu yetarli ekanligini, nolimasligim kerakligini aytardi. Erimning oilasi katta edi. Uning ota-onasi, akasi, unig xotini va ikki bolasi—hammamiz bir uyda yashardik.

    O‘zbek jamiyatida bunday katta oilaning bir uyda yashashi normal holat, shuning uchun bundan hayron bo‘lmaganman.

    Oilaning barcha a’zolari bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Shu tarzda oradan uch oy o‘tdi. Keyin dahshatli voqealar boshlandi.

    Shok holati

    Kunduz payti erim, akasi ishda, bolalar maktabda, qaynonam qo‘shnilarnikida bo‘lardi. Uyda men, ovsinim Sevara va qaynotam qolardik. Uy kattaligi uchun ishimiz ham ko‘p bo‘lardi. Avvaliga qaynota qaynonamning xonasini ovsinim o‘zi yig‘ishtirib, meni u yerga kiritmasligiga ko‘p ham ahamiyat bermasdim.

    Kunlardan birida qaynotamning xonasidan g‘alati ovozlar chiqa boshladi. Eshik tirqishidan qaynotam va ovsinimning qilayotgan ishidan shokka tushdim. Eshikni ochib, ushbu dahshatli manzara guvohi bo‘lganimni bildirgim kelmagani uchun xonamga yugurdim. Ko‘rganlarimni hazm qilish uchun ikki kun o‘zimni kasalga soldim.

    Kelganimga endi uch oy bo‘lgan uyimda yuz berayotgan holatdan shok holatida edim. Ko‘rganlarimni hazm qila olmasdim, miyamga sig‘dira olmasdim. Qolganlarga nima deb, qanday qilib aytishni bilmasdim, chunki hech kim menga ishonmasdida. Shundan so‘ng men o‘zim uchun qo‘rqa boshladim, qo‘rqoq qizga aylanib qoldim. Hamma oila a’zolari kechki ovqatni birga tanovvul qilayotganida dasturxondan birinchi turib ketardim. Kunduz payti esa qaynonamning yonida bo‘lishga harakat qilardim.

    Bu dahshatli voqeadan so‘ng bir oy o‘tdi. Bir kuni vannaxonani tozalayotganimda qaynotam kirib qoldi. Meni maqtay boshladi, o‘g‘li xotin tanlashda yanglishmaganini aytdi. Qo‘rquvdan qaltirab ketdim, hech narsa deya olmay joyimda qotib qoldim.

    U menga yaqinlashib, sochimni silay boshladi, “yoshroq bo‘lganimda senga o‘zim uylanardim”, dedi.

    Qo‘rqib ketdim, yugurib uydan chiqib, qo‘shnilarnikiga bordim. Ular nimadan qo‘rqib ketganimni so‘rashdi, men hovlida ilon ko‘rganimni, endi uyga kirishga qo‘rqayotganimni aytdim. Ular meni bir necha soat tinchlantirishdi, erim kelgunicha ularnikida o‘tirdim.

    Rad etish bosqichi

    Men yuz bergan voqealar haqida qolganlarga, ayniqsa erimga qanday so‘zlab berishni bilmasdim. Qaynotamning tegajog‘liklari yana bir nech marta takrorlandi. U ko‘pincha meni burchakka tiqib, turli joylarimga teginar edi.

    Men o‘zimni juda ojiz his qilardim, qaynotamga bo‘lgan nafratim esa kundan-kun kuchayardi.

    Erim so‘zlarimga ishonmasligini tushunsam ham, unga hammasini aytib berishga qaror qildim.

    U janjal ko‘tardi, hammasini uni ota-onasi bilan urishtirish uchun o‘ylab topganga chiqardi.

    Adolatsizlikka chiday olmadim, undan vannaxonaga kuzatuv kamerasini o‘rnatishini talab qildim. Erim bunga rozi bo‘ldi, vannaxonaga kamera o‘rnattirdi.

    Men erimga haqligimni isbotlashni istardim. Kunlardan bir kun odatdagidek vannaxonani tozalayotgan edim. Eshik ochiq edi. Qaynotam kirib, menga tegina boshladi. Men bu holatdan dahshatga tushdim, u avval bunday qiliqlar qilmas edi.

    Sirning ochilishi

    Kechqurun erim ishdan qaytgach, undan tezroq kuzatuv kamerasidagi tasvirlarni ko‘rishni so‘radim.

    Tinmay yig‘lardim, undan nimadir qilishni iltimos qilardim.

    Ahvolimni ko‘rgan erim videoni tomosha qildi. Uning o‘sha paytdagi holatini so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. U g‘azab, hayrat va qayg‘uga botgandi. Shu tariqa hech narsa demay xonadan chiqib ketdi.

    U ikki soatdan keyin xonaga qaytdi va otasini bunday harakat qilishga men majburlaganimni aytdi. Menga uylanib xato qilganini aytdi.

    ‘Otamning aybi yo‘q, u bunday harakatlar qiladigan yoshdan o‘tgan’, — dedi u.

    Bunday ahmoqona oqlovni men hech qachon eshitmagandim. Erimning meni tushunmasligidan qo‘rsam-da, u aql bilan ish tutishiga ishongandim, lekin iborada aytilganidek, “olmaning tagiga olma tusharkan”.

    Shundan so‘ng bu uydan iloji boricha tezroq ketish kerakligini tushundim. Hali farzandimiz yo‘qligini omadimga yo‘ydim. Faqat ota-onam buni qanday qabul qilishidan xavotirda edim. Lekin bu uyda ham ortiq qola olmasdim.

    Men hammasini ota-onamga aytib berdim. Baxtimga ular menga ishondi, to‘g‘ri tushundi, uyga qaytishimni ma’qulladi.

    Ota-onam qudalari bilan gaplashib, ajrashish jarayonini tezlashtirishni so‘radi.

    Qaynonam hammasidan xabar topgach, u bizning gapimizga ishonmadi, jahl qildi. Shunda otam unga agar ajrim jarayonini tezlashtirmasa, bo‘lib o‘tgan voqealar haqida hammaga gapirib, oilani butun mahallaga sharmanda qilishini aytdi.

    Erim gap-so‘z bolalab ketishidan qo‘rqib, ajrashishga rozi bo‘ldi. Biz qaytib bu oila bilan yuz ko‘rishmadik.

    Men hozir ota-onamnikida yashayapman va qandolat fabrikasida ishlayapman. Bo‘lib o‘tgan voqealardan hali o‘zimga kela olmayapman, shuning uchun turmushga chiqishga shoshilayotganim yo‘q. Bu safar turmushga chiqsam ham, ota-onasidan alohida yashaydigan, mustaqil fikriga ega inson bilan taqdirimni bog‘lamoqchiman. Chunki birinchi turmushimdan olgan psixologik jarohatim hali bitgani yo‘q.

    Nasiba, 27 yosh
    Смотреть Серия





    Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.